Business Builder

Bosh sahifa › Pulni qaytarish qoidalari

Pulni qaytarish qoidalari

Oxirgi yangilanish: 22.10.2026

Bu qoidalar balans to'ldirish va xizmat to'lovlarini qaytarish tartibini belgilaydi. Savollar bo'lsa Yordam bo'limiga yozing.

Balans to'ldirish

  • Sarflanmagan balans qoldig'i so'rov bo'yicha qaytariladi.
  • So'rov yuborilgandan keyin 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi; qaytarish to'lov amalga oshirilgan usul orqali bajariladi.
  • Bonus, taklif (referal) yoki sovg'a sifatida berilgan mablag'lar qaytarilmaydi.

Veb-sahifa va bot to'lovlari

  • Faollashtirilgan va ishlayotgan davr uchun to'lov qaytarilmaydi.
  • Xizmat ko'rsatuvchining texnik xatosi sababli sahifa yoki bot ishlamagan, yaratilmagan yoki noto'g'ri yaratilgan bo'lsa, to'lov balansga qaytariladi yoki muddat shu miqdorda uzaytiriladi.
  • Bir xil to'lov ikki marta yechilgan bo'lsa, ortiqchasi qaytariladi.

Qaytarilmaydigan holatlar

  • Foydalanuvchi qoidalarni buzgani uchun hisob yoki sahifa cheklangan/o'chirilgan bo'lsa;
  • foydalanuvchi muddatni o'zi uzaytirmagani sabab sahifa o'chib ketgan bo'lsa.

Qanday so'raladi

Kabinetdagi Yordam bo'limida ticket yarating va sanani, summani hamda sababni yozing. Qo'shimcha yo'llar: Aloqa.