Business Builder

Bosh sahifa › Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 22.10.2026

Business Builder («Xizmat») Business Builder saytida va @business_builderuz_bot Telegram botida foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday yig'ishi va ishlatishini shu yerda tushuntiradi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Telegram profil ma'lumotlari: Telegram ID, ism, username (Telegram orqali kirganingizda botdan olinadi). Parol va telefon raqami so'ralmaydi.
  • Hisob ma'lumotlari: balans, to'ldirish va xarajatlar tarixi, taklif qilingan foydalanuvchilar soni.
  • Siz yaratgan kontent: veb-sahifalar uchun kiritilgan maydonlar, yaratilgan botlar va ularning sozlamalari, shuningdek bot yaratish uchun o'zingiz bergan bot tokeni.
  • Murojaatlar: yordam (ticket) xabarlari va javoblar.
  • Texnik ma'lumotlar: xavfsizlik jurnali uchun IP-manzil, brauzer/qurilma turi, taxminiy joylashuv (shahar/davlat), kirgan sahifalar va kirish vaqti. Tizimga kirgan foydalanuvchilar uchun kirishlar tarixi 365 kun, sahifa ko'rishlar 90 kun saqlanadi; tizimga kirmagan mehmonlarning IP-manzili qisqartirilib saqlanadi. Bu ma'lumotlar xavfsizlikni ta'minlash va xizmatni yaxshilash uchun ishlatiladi.
  • Telefon raqami: Telegram botda ro'yxatdan o'tishda siz o'zingiz yuborgan telefon raqami hisobingizni tasdiqlash va aloqa uchun saqlanadi.

Nima uchun ishlatiladi

  • Hisobingizga kirishni ta'minlash va tasdiqlash;
  • buyurtma qilingan bot va veb-sahifalarni yaratish, ishlatish va muddatini yuritish;
  • to'lov va balansni hisobga olish;
  • qo'llab-quvvatlash, muddat haqida eslatmalar va muhim xabarlarni yuborish;
  • xavfsizlik: suiiste'mol va soxta kirishlarning oldini olish (so'rovlar soniga cheklov, kirish jurnali).

Cookie

Sayt faqat zarur cookie'lardan foydalanadi: kirgan holatingizni saqlovchi sessiya cookie'si va «eslab qolish» cookie'si (bb_rem). Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi. «Xavfsizlik» bo'limida qurilmalarni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

Uchinchi tomonlar

Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida berilmaydi. Xizmat Telegram platformasi orqali ishlaydi, shu sababli Telegram bilan almashiladigan ma'lumotlar Telegram siyosatiga ham bo'ysunadi. Qonun talab qilganda vakolatli organlarga berilishi mumkin.

Saqlash va himoya

Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, kirish so'rovlari cheklanadi, maxsus amallar tasdiqlanadi (CSRF himoyasi). Hisobingiz mavjud ekan, ma'lumotlar saqlanadi; muddati tugagan veb-sahifalar o'chiriladi (qarang: Foydalanish shartlari).

Sizning huquqlaringiz

Siz o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki hisobingiz va unga bog'liq ma'lumotlarni o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun kabinetdagi Yordam bo'limidan murojaat yuboring yoki aloqa sahifasidagi yo'llardan foydalaning.

O'zgartirishlar

Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.